Ташкентский отбор на кубок Узбекистана 2026 - BJJ Tournament in Tashkent 2026

Ташкентский отбор на кубок Узбекистана 2026

Thursday, October 1, 2026 Tashkent, Uzbekistan

At a Glance

Divisions
Gi No-Gi Kids
Entry
$20

Description

!! ТОЛЬКО ДЛЯ ГРАЖДАН УЗБЕКИСТАНА !! 2026 год

SPORTNING JIU-JITSU TURI BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGIGA TOSHKENT SHAHAR SARALASH MUSOBAQASI – 2026

N I Z O M I

1. MAQSAD VA VAZIFALARI

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan farmoyishlarini hayotga tatbiq etish;

– O‘sib kelayotgan yoshlarni giyohvandlik va bolalar jinoyatchiligiga qarshi kurashish ruhida tarbiyalash;

– Yoshlar va kattalar o‘rtasida Jiu-jitsu sport turini ommalashtirish va rivojlantirish;

– O‘zbekiston Kubogida ishtirok etish uchun Toshkent shahar terma jamoasi tarkibini saralash hamda sportchilarning mahoratini oshirish;

– Saralash musobaqasi g‘oliblarini aniqlash va o‘tkazilgan musobaqa natijalarini tahlil qilish;

– Respublikada sog‘lom turmush tarzini takomillashtirish;

– Yoshlarni Jiu-jitsu sport turiga keng jalb etish.

2. MUSOBAQANI O‘TKAZISH JOYI VA VAQTI

– 30-sentabr 2026-yil, soat 14:00 dan 17:00 gacha — barcha yosh toifalaridagi sportchilarni tarozidan o‘tkazish.

Tarozidan o‘tish manzili: 

Yosh toifalari: U8, U10, U12, U14, U16, U18, U21 va +18.

– 1-oktabr 2026-yil, soat 09:00 da — O‘zbekiston Kubogiga Toshkent shahar saralash musobaqasining boshlanishi;

– 1-oktabr soat 12:00 dan 13:00 gacha — tushlik vaqti;

– 1-oktabr soat 16:00 da — final bahslari boshlanishi;

– 1-oktabr soat 18:00 da — musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash.

Yig‘ilishda barcha murabbiylar va hakamlarning ishtirok etishi shart!

3. MUSOBAQA QONUN VA QOIDALARI

– Musobaqa Xalqaro Jiu-jitsu federatsiyasi JJIF (Ju-Jitsu International Federation) qoidalari asosida o‘tkaziladi.

– Musobaqa Jiu-jitsu sport turining Ne-Waza GI va NO-GI yo‘nalishlari bo‘yicha kichik o‘smirlar, o‘smirlar, yoshlar, qizlar va kattalar o‘rtasida U8, U10, U12, U14, U16, U18, U21 hamda +18 yosh toifalarida o‘tkaziladi.

– Ne-Waza GI yo‘nalishida ishtirok etadigan sportchilar Jiu-jitsu uchun belgilangan maxsus kimono (GI)da ishtirok etishlari qat’iyan talab etiladi. Boshqa sport turlariga mo‘ljallangan sport formasi va ekipirovkasida musobaqaga qo‘yilmaydi.

4. VAZN VA YOSH TOIFALARI

U8 – 2020–2019-yillarda tug‘ilgan sportchilar

O‘g‘il bolalar: –18 kg, –21 kg, –24 kg, –27 kg, –30 kg, –33 kg, –36 kg, +36 kg.

Qiz bolalar: –17 kg, –20 kg, –22 kg, –25 kg, –28 kg, –32 kg, –36 kg, +36 kg.

U10 – 2018–2017-yillarda tug‘ilgan sportchilar

O‘g‘il bolalar: –22 kg, –25 kg, –28 kg, –32 kg, –36 kg, –40 kg, –44 kg, +44 kg.

Qiz bolalar: –20 kg, –22 kg, –25 kg, –28 kg, –32 kg, –36 kg, –40 kg, +40 kg.

U12 – 2016–2015-yillarda tug‘ilgan sportchilar

O‘g‘il bolalar: –25 kg, –28 kg, –32 kg, –36 kg, –40 kg, –44 kg, –48 kg, –52 kg, +52 kg.

Qiz bolalar: –22 kg, –25 kg, –28 kg, –32 kg, –36 kg, –40 kg, –44 kg, –48 kg, +48 kg.

U14 – 2014–2013-yillarda tug‘ilgan sportchilar

O‘g‘il bolalar: –32 kg, –36 kg, –40 kg, –44 kg, –48 kg, –52 kg, –56 kg, –62 kg, –69 kg, +69 kg.

Qiz bolalar: –25 kg, –28 kg, –32 kg, –36 kg, –40 kg, –44 kg, –48 kg, –52 kg, –57 kg, +57 kg.

U16 – 2012–2011-yillarda tug‘ilgan sportchilar

Yoshlar: –40 kg, –44 kg, –48 kg, –52 kg, –56 kg, –62 kg, –69 kg, –77 kg, +77 kg.

Qizlar: –32 kg, –36 kg, –40 kg, –44 kg, –48 kg, –52 kg, –57 kg, –63 kg, +63 kg.

U18 – 2010–2009-yillarda tug‘ilgan sportchilar

Yoshlar: –48 kg, –52 kg, –56 kg, –62 kg, –69 kg, –77 kg, –85 kg, +85 kg.

Qizlar: –40 kg, –44 kg, –48 kg, –52 kg, –57 kg, –63 kg, –70 kg, +70 kg.

U21 – 2008–2007–2006-yillarda tug‘ilgan sportchilar

Yoshlar: –56 kg, –62 kg, –69 kg, –77 kg, –85 kg, –94 kg, +94 kg.

Qizlar: –45 kg, –48 kg, –52 kg, –57 kg, –63 kg, –70 kg, +70 kg.

+18 KATTALAR

Erkaklar: –56 kg, –62 kg, –69 kg, –77 kg, –85 kg, –94 kg, +94 kg.

Ayollar: –45 kg, –48 kg, –52 kg, –57 kg, –63 kg, –70 kg, +70 kg.

MUSOBAQADA ISHTIROK ETISH UCHUN TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida har bir sportchida quyidagi hujjatlar bo‘lishi shart:

– Fuqarolik pasporti, ID-karta yoki xorijga chiqish pasportining asl nusxasi. Hujjat nusxasi qabul qilinmaydi. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma orqali ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi;

– O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining sportchi Sport ID kartasi;

– Har bir sportchining hayoti va sog‘lig‘i sug‘urtalanganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

– Musobaqa ishtirokchilari talabnomasining (ro‘yxatining) asl nusxasi, agar talabnoma elektron shaklda taqdim etilmagan bo‘lsa.

Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning talabnomalari tibbiy ko‘rik dispanseri tomonidan har bir ishtirokchining F.I.Sh. ro‘parasida muhr va imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.

Shuningdek, talabnoma musobaqaga yo‘llagan tegishli tashkilotlar hamda Toshkent shahar Jiu-jitsu federatsiyasi bo‘linmalari rahbarlarining muhr va imzolari bilan tasdiqlanishi lozim.

Musobaqa qatnashchilari shifokor ko‘rigidan o‘tgan bo‘lishlari shart.

Murabbiylarda sportchilarning musobaqaga kelish va ketish yo‘lidagi xavfsizligi uchun javobgarlik haqidagi tasdiqlangan xat, sportchilarning tegishli hujjatlari va musobaqa talabnomalari bo‘lishi shart.

Musobaqa TALABNOMASI 2026-yil 30-sentabrga qadar Toshkent shahar Jiu-jitsu federatsiyasiga topshirilishi shart.

Jamoa vakili sportchilar bo‘yicha musobaqa talabnomasida ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlar va talablarning to‘g‘riligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Sportchilarning musobaqada ishtirok etish talabnomasi topshirilgandan so‘ng unga tuzatishlar kiritish mumkin emas.

Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmasa yoki belgilangan muddatgacha topshirilmasa, sportchilar musobaqaga qo‘yilmaydi.

Sportchilarning hujjatlarini tekshirish va qabul qilish federatsiya Bosh kotibi I. Mutallipov zimmasiga yuklatiladi.

5. MUSOBAQAGA RAHBARLIK QILISH

– Musobaqani o‘tkazishga umumiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Toshkent shahar Jiu-jitsu federatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi;

– Musobaqani tashkillashtirish, unga tayyorgarlik ko‘rish va bevosita o‘tkazish Toshkent shahar Jiu-jitsu federatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Tashkiliy qo‘mita a’zolari:

Federatsiya sport direktori — Madinov Karim

Musobaqa Bosh hakami — Askarov Shaxzod

Musobaqa kotibi — Rixsiboyev Odil

6. HAKAMLAR

Musobaqa Bosh hakami: Askarov Sh.

Musobaqa kotibi: Rixsiboyev O.

Federatsiya sport direktori: Madinov K.

7. MUSOBAQADAN CHETLATISH (DISKVALIFIKATSIYA)

Musobaqa davomida sportchi musobaqa qoidalariga amal qilmasa yoki intizomni buzsa, musobaqadan chetlashtiriladi.

Musobaqa jarayonida qoidalar va tartib-intizom talablariga bir necha bor amal qilmagan sportchilar hamda ularning murabbiylari jamoasi bilan birgalikda musobaqadan chetlashtirilishi mumkin.

Ishtirokchilar yoki ularning vakillari tomonidan tartib-intizomning buzilishiga olib keladigan noroziliklar bildirilsa, kelishmovchilik, tartibsizlik yoki qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilsa, musobaqa ishtirokchilari yoki hakamlar hay’atiga nisbatan hurmatsizlik qilinsa, ushbu holatga sababchi bo‘lgan murabbiylar va jamoa bir yil muddatga barcha miqyosdagi musobaqalarda qatnashish huquqidan mahrum qilinadi.

Belgilangan vaqtda vazn tekshiruvidan o‘tmagan sportchilar musobaqaga qo‘yilmaydi.

8. APELLYATSIYA

Hakamlarning qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda jamoaning rasmiy vakili ushbu qaror yuzasidan musobaqa Bosh hakami yoki Bosh hakam o‘rinbosari nomiga yozma ravishda murojaat qilish huquqiga ega.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun alohida hakamlar hay’ati a’zolari belgilanadi.

Hakam tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilgani isbotlangan taqdirda, xatoga yo‘l qo‘ygan hakam belgilangan muddat davomida hakamlik qilish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Dastlabki bahs natijasi (bahosi) tegishli tartibda o‘zgartirilishi mumkin.

Musobaqa davomida har bir jamoaning faqat bitta murojaati qabul qilinadi.

Musobaqa Bosh hakamining qarori yakuniy hisoblanadi.

TASHKILIY QO‘MITA

Toshkent shahar Jiu-jitsu federatsiyasi

Ma’lumot uchun: +998 94 614 19 64 , + 998 94 904 81 91

 E-mail: tashkentjiujitsufederation@gmail.com

📱 Telegram:  @tashkentjiujitsufederation

Eslatma: Musobaqa faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun.

Event Details

Registration
Entry/competition application must be submitted to Tashkent City Jiu-jitsu Federation by 30 September 2026.
Schedule
1 October 2026: competition start 09:00; lunch 12:0013:00; finals 16:00; award ceremony 18:00. (Weigh-ins on 30 Sep 14:0017:00.)
Weigh-In
Weigh-ins for all age categories: 30 September 2026, 14:0017:00 (location listed but not specified in text).

Divisions

  • Men/Boys Ne-Waza$20
  • Men/Boys NO-GI$20
  • Female/Girls Ne-Waza$20
  • Female/Girls NO-GI$20

Organizer

Tashkent Jiu Jitsu Federation

Frequently Asked Questions

When and where are the weigh-ins and competition held?
Weigh-ins for all age categories are on 30 September 2026 from 14:00 to 17:00, and the competition begins in Tashkent city on 1 October 2026 at 09:00.
What is the competition day schedule on 1 October 2026?
Competition starts at 09:00, lunch is scheduled from 12:00 to 13:00, final bouts begin at 16:00, and awarding of winners starts at 18:00.
Who is eligible to participate?
The event is only open to citizens of the Republic of Uzbekistan.
What is the registration deadline for team entry forms?
The competition entry form (team nomination) must be submitted to the Toshkent shahar Jiu-jitsu federation by 30 September 2026.
What documents must each athlete bring at registration?
Each athlete must present the original national passport, ID card, or international passport (no copies), the Uzbekistan Sport Ministry Sport ID card, a certificate proving life and health insurance, and the original competition entry form if not submitted electronically.
Which rule set and competition formats are used?
The competition is held under JJIF (Ju-Jitsu International Federation) rules and includes Ne-Waza GI and NO-GI divisions across the listed age categories.
Are there special equipment requirements for GI divisions?
Competitors in Ne-Waza GI must wear the designated jiu-jitsu kimono (GI); other sports uniforms and equipment are not permitted.
What are the rules on disqualification and weigh-in compliance?
Athletes who violate competition rules or discipline may be disqualified, and competitors who do not pass the weigh-in at the designated time will not be allowed to compete.
How can teams file an appeal and what are the limits?
A team's official representative may submit a written appeal to the competition Chief Referee or deputy; only one appeal per team is accepted and the Chief Referee's decision is final.
Who can I contact for more information?
Toshkent shahar Jiu-jitsu federation: +998 94 614 19 64 and +998 94 904 81 91, email tashkentjiujitsufederation@gmail.com, Telegram @tashkentjiujitsufederation.

Nearby Tournaments

More BJJ in Uzbekistan

Find more competitions and academies in the area.